Solari "Real"dan ketmoqchi bo‘lib yurgan Iskoning o‘rniga Matani olib kelmoqchi

  • 11 dekabr, 2018, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari jamoada “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Matani ko‘rishni istamoqda. Bu haqda El Gol Digital xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “qirollik klubi” ustozi Matani tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan Iskoga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli ispaniyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va u hozircha ushbu kelishuvni uzaytirganicha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!