Solari "Real"da Mourino o‘rnatgan antirekordni yangilashi mumkin

  • 17 yanvar, 2019, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Real” Ispaniya kubogi 1/8 final javob bahsida o‘z maydonida “Leganes”ga (1:0) imkoniyatni boy berdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu “qirollik klubi”ning mavsumdagi 10-mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa so‘nggi bor bunday holatga 2012/13 yilgi mavsumda tushgan edi. O‘shanda Joze Mourino boshchiligidagi “Real” naqd 11ta o‘yinda imkoniyatni boy bergan.

Biroq, mavsum endigina yarmiga kelganini inobatga olsak, Santyago Solari ustozligidagi “Real” ushbu antirekordni yangilash ehtimoli juda katta.

Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda La Ligada peshqadam “Barselona”dan 10 ochkoga ortda qolmoqda va musobaqa jadvalida 4-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!