
Solari: "Real" doimo o‘zini va raqibni hurmat qilib o‘ynaydi
"Biz har bir o‘yinga o‘zimizni va raqibni hurmat qilgan holda munosabatda bo‘lamiz. Biz doimo g‘alabaga intilganmiz. Har bir musobaqada birday ishtirok etish juda qiyin.
Kamtarinlik - buyuk futbolchilarga xos fazilatdir. "Real" sportning istalgan ko‘rinishida ajoyib va kamtarona klub bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham Madrid ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Ronaldu esa "Real"ning qahramoni va u jamoa bilan aloqada", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - TsSKA uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar