
Solari "Leganes"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: "Real"ga Benzema etishmadi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari kecha Ispaniya kubogi 1/8 final javob bahsida "Leganes"dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirib o‘tdi.
“Hammaga o‘yin amaliyoti kerak edi va futbolchilar buni olishdi. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo g‘alaba qozona olmadik.
Hujumda jokerning (Benzema.tahr) bo‘lmagani bizning o‘yinimizga ta’sir qildi. Bizga aynan u etishmadi. Benzema “Sevilya”ga qarshi o‘yinda bizga kerak bo‘ladi. O‘sha o‘yingacha uning sog‘ayishiga umid qilamiz”, - deydi Solari.
Eslatib o‘tamiz, Benzema “Betis”ga qarshi o‘yinda barmog‘ini sindirib olgan edi.
Fikrlar