Solari "Jirona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 17 fevral, 2019, 20:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari bugun La Liganing 24-turi doirasida "Jirona"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu judayam alamli mag‘lubiyat bo‘ldi, chunki raqiblarimiz bu tur ochko olishdi. Birinchi bo‘limda ustunlik bizning tomonimizda bo‘ldi, ammo o‘yinning ikkinchi qismida “Jirona” faolroq o‘ynadi. Bizga esa yana bitta gol urish uchun kuch etishmadi.

Aytishim lozimki bundan avval biz og‘ir o‘yinlar seriyasini o‘tkazdik. Balkim aynan shuning ta’siri  ikkinchi bo‘limda sezilgandir”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Real” musobaqa jadvalida 3-o‘ringa tushib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!