Solari: G‘oliblik juda yoqimli tuyg‘u

  • 20 dekabr, 2018, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari kecha klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "Kashima Antlers" (3:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

“G‘olib bo‘lish juda yoqimli tuyg‘u. Beylning gollaridan va hamjihat jamoadan xursandman.

Endi asosiy vazifa – finalga tayyorgarlik ko‘rish. Aytishim lozimki, madridliklar maydonga faqat g‘alaba uchun tushishadi”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Real” finalda mezbon “Al-Ayn”ga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!