Sofiya Kenin ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
Avstraliyada Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan "Hobart International" turnirida g‘olib nomi aniqlandi.
Mazkur musobaqa finalida amerikalik tennischi Sofiya Kenin va slovakiyalik Anna Shmidlova o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvda Sofiya raqibini 6:3, 6:0 hisobida engdi.
Ushbu g‘alaba Keninga 43,000 AQSh dollari va 280 reyting ochkosini olib keldi.



Fikrlar