Sky Sport Italia: Marek Xamshik Xitoy klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

  • 5 fevral, 2019, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" sardori Marek Xamshik Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi safiga o‘tdi.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli slovakiyalik futbolchi xitoyliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U ushbu vaqt mobaynida jami 27 mln evro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xamshik “Napoli” sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (520) hamda eng ko‘p gol urgan (121) futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!