
Sinxron suzish: Hamyurtlarimiz yana 5-o‘rinda
Bugun Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sinxron suzish bo‘yicha jamoaviy bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu bahslarda terma jamoamiz vakilalari ham ishtirok etishdi. Xususan, A.Morozova, A.Eltisheva, M.To‘lqinova, D.Onkes, D.Shomirzaeva, X.Toshxo‘jaeva, A.Ro‘zmetova, X.Hakimova, N.Shomaqsudova, N.To‘lqinovalardan iborat terma jamoamiz yakunda 5-o‘rinni band etishdi.
Qayd etish joiz, ushbu bellashuvlarda oltin medalni Xitoy terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yaponiyaliklar kumush medalga loyiq ko‘rilishdi. Kuchli uchlikni esa Shimoliy Koreya vakilalari yakunlab berishdi.
Fikrlar