
Shvetsiya terma jamoasi darvozaboni faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin
Rimning “Roma” klubi "Kopengagen" darvozaboni Robin Olsenning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “bo‘rilar” Shvetsiya terma jamoasi posbonini joriyo yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Agar “Roma” PSJ darvozaboni Alfons Areolyani sotib ololmasa, u holda bor e’tiborini aynan Olsenga qaratadi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli shvetsiyalik posbon o‘tgan mavsum "Kopengagen" safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z darvozasidan 29ta to‘p olib chiqqan.
Fikrlar