
Shukurovning jamoasi peshqadamlikni davom ettirmoqda
Hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepadigan "Sharja" klubi bu tur o‘z maydonida "Al-Dafra"ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Shukurov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Bugungi muvaffaqiyadan so‘ng "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 34 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Abdul Aziz Muhammad shogirdlari o‘zlarining kelgusi o‘yinlarini 9 fevral kuni Prezident kubogi doirasida "Emireyts"ga qarshi o‘tkazadi.
BAA Pro-ligasi. 14-tur
"Sharja" - "Al Dafra" 2:1.
Fikrlar