
Shubhali video. Bektemir Meliqo‘zievning sof g‘alabasini hakamlar tan olishmadi
"Uzbek Tigers" vakillari Jahon Boks Seriyalarining chorak final javob uchrashuvida "Cuba Domadores" bokschilariga qarshi barcha janglarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi.
Dastlab Jasur Latipov, so‘ngra Elnur Abduraimov va Shaxram G‘iyosov mag‘lubiyat alamani tortib ko‘rishgan bo‘lsalar, 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev ham kutilmaganda imkoniyatni boy berib fo‘ydi.
Kubalik Julio La Kruzga qarshi jang olib borgan bokschimiz besh raund davom etgan bahsda kuchli zarbalari bilan raqib vakilini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Dastlabki raund teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa, keyingi raundlarda Bektemir Meliqo‘ziev yaqqol ustunlik qildi. Biroq kutilmaganda hakamlar ochkolarni kubalik bokschi hisobiga yozib qo‘yishda davom etdi va barcha raundlarni raqib foydasiga hal bo‘ldi.
Bahs so‘nggiga qadar ringda Bektemir Meliqo‘zievdan qochib yurgan holda jang o‘tkazgan Julio La Kruz hakamlarning shubhali qaroriga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu jangning video lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar