
Shohjahon engilmas bokschilar turnirida ishtirok etadi
Professional boksda o‘nta jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan Shohjahon Ergashev jahonga mashhur "Showtime" telekanali bilan shartnoma imzolagan edi.
AQShning "Showtime" telekanali nufuzli ommaviy axborot vositalari faqatgina yuqori reytinglarni qo‘lga kiritishga qodir, millionlab muxlislar e’tiborini qozona oladigan bokschilar bilan shartnoma qiladi. Bu telekanal o‘z vaqtida Mayk Tayson, Floyd Meyvezer va Konstantin Tszyu kabi o‘zbek boks muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bilan ham shartnoma imzolagan.
"Showtime" 4 avgustga belgilangan professional boks kechasiga asosan engilmas bokschilarni taklif qildi. Shu kuni hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ham ummonortida dastlabki jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz bo‘lajak jangga tayyorgarlikni Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida o‘tkazdi.
AQShning Detroit shahrida bo‘ladigan professional boks kechasida quyidagi engilmas bokschilar ringga chiqadi:
1. Shohjahon Ergashev (O‘zbekiston) - 10 ta jang o‘nta nokaut
2. Baxtiyor Eyubov (Qozog‘iston) - 13 ta jang o‘n bitta nokaut
3. Nikki Adler (Germaniya) - 16 ta jang to‘qqizta nokaut
4. Vladimir Tixonov (Rossiya) 16 ta jang to‘qqizta nokaut
5. Yariko O'Kuinn (AQSh) 7 jang beshta nokaut
6. Sonni Fredrikson (AQSh) 17 ta jang o‘n bitta nokaut
7. Klarissa Shilds (AQSh) 3 ta jang bitta nokaut
Fikrlar