
Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin! (Video)
Mamlakatimizda shu kunlarda yangi yil bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bayramlar ichida mo‘jizalar uchrashi bilan ajralib turuvchi ushbu bayramda o‘zbek boks olamida ajoyib hodisa yuz berdi.
Poytaxtimiz restorantlarining birida ikki o‘zbek professional boksining yorqin yulduzlari engilmas va nokautchi Shohjahon Ergashev hamda Shahram G‘iyosov o‘zaro to‘qnash kelib qoldi.
Ushbu to‘qnashuvda hech qanday ko‘ngilsiz voqea yuz bermadi. Ushbu holatga oydinlik kiritish uchun Sports.uz internet portali mahsus muxbiri Shohjahondan izoh so‘radi.
"Ha biz uchrashdik, bu voqea qachonlardir sodir bo‘lishi kerak edi. Agarda promoutorlarimiz kelisha olsa, O‘rtamizda jang bo‘lishi mumkin. Bu jang albatta O‘zbekistonda o‘tadi. Shahram ham jangga tayyor va o‘tkazishga qarshi emas", – deydi Sh.Ergashev.
Voqealar rivojini Sports.uz saytida kuzatib boring!
Fikrlar