Xabaringiz bor, ertaga 14 dekabr engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Shohjahon va argentinalik Nazareno Gaston Ruiz jangi «Olimp» sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsni ko‘rishni istagan boks muxlislari 14 dekabr kuni Rossiyaning "Boks TV" kanalida Toshkent vaqti bilan 20:45dan boshlab jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Mazkur bahsda Shohjahon Ergashevga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar