
Shohjahon Ergashev WBA reytingida ko‘tarildi
O‘tgan 2018 yilning dekabr oyida engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tgan jangda argentinalik Nazareno Gaston Ruizni (32, 11 KO, 17, 2 KO) birinchi raundda, 18 soniyada nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.
Mazkur jangdan so‘ng joriy yilning ilk oyida Jahon boks assotsiatsiyasi "WBA" yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shohjahon Ergashev (15-0-0, KO14) jadvalning 5 o‘rnidan joy oldi. Avval u ushbu jadvalning ettinchi pog‘onasida borayotgan edi.
Mazkur reyting jadvalining kuchli uchligida Mario Barrios (AQSh), Botir Ahmedov (Rossiya), Hiroki Okada (Yaponiya) bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon o‘zining 16 jangini 15 fevralida o‘zining navbatdagi jangini Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkazadi. Unda bokschimizga amerikalik engilmas bokschi Mikal Foksga (19-5-0)qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar