
Shevchenko Abramovichning "Chelsi"dagi eng omadsiz transferi deb topildi
Goal.com internet nashri Londonning “Chelsi” klubi xo‘jayini Roman Obramovichning “aristokratlar” safida amalga oshirgan eng omadsiz 15ta transferi ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ushbu sayt talqiniga ko‘ra ro‘yxatni ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan esa Mateya Kejman hamda Fernando Torreslar joy olishgan.
Eslatib o‘tamiz, Shevchenko 2006 yil “Milan”dan 30 mln funt evaziga xarid qilingan edi. U “Chelsi”dagi faoliyati davomida jami 77ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 22ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Quyida “Chelsi”ning Abramovich davridagi eng omadsiz 15ta transfer bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Andrey Shevchenko
- Mateya Kejman
- Fernando Torres
- Papi Djilobodji
- Xalid Bularuz
- Shon Rayt-Fillips
- Raxman Baba
- Aser del Orno
- Xuan Kuadrado
- Mishi Batshuayi
- Yuriy Jirkov
- Joze Bosingva
- Raul Meyrelesh
- Yossi Benayun
- Deku
Fikrlar