
Shaxmatchilarimiz G‘arbiy Osiyo chempionatida 10 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi (foto)
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati o‘yinlari rapid yo‘nalishi bilan start oldi. Unda hamyurtlarimiz 10 ta oltin medalga ega bo‘lishdi. Mana ular: Zaynura Abrorova, (Toshkent, 6 yosh), Shaxzod Islamov (Qashqadaryo, 6 yosh), Shahzoda Hasanova (Toshkent, 8 yosh), Xumoyun Begmuratov (Toshkent, 8 yosh), Afruza Hamdamova (Samarqand, 10 yosh), Akobirxon Saydaliev (Samarqand, 10 yosh), Umida Omonova (Surxondaryo, 12 yosh), Sitora Saparova (Navoiy, 16 yosh), Nodirbek Yoqubboev (Xorazm, 16 yosh), Shamsiddin Voxidov (Toshkent, 20 yoshgacha).
Fikrlar