"Shalke" etakchi futbolchisini "Manchester Siti"ga sotishga tayyor

  • 27 yanvar, 2019, 20:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi o‘zining mahoratli yarim himoyachisi Sebastyan Rudini "Manchester Siti"ga sotishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra gelzenkirxenliklar rahbariyati 28 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosini 40 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Rudi joriy mavsum “Shalke” safida Bundesligada jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!