Shakiri "Stok Siti"dan ketishini tasdiqladi
Angliyaning "Stok Siti" klubi vingeri Jerdan Shakiri mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishini tasdiqladi.
“Hech qanday sir yo‘q. Men jamoadan ketaman. Ammo, APLda qolishni istardim. Chunki bu dunyoning eng zo‘r futbolchilari o‘ynaydigan eng zo‘r liga. Lekin, boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishim mumkinligini ham inkor etmayman ”, - deydi shveytsariyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Shakiri “Stok Siti” tarkibida APLda jami 85ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 15ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar