Shahramning raqibi bir raund ham chidab bera olmadi

  • 15 iyul, 2018, 12:55
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda muvafaqqiyatli yurishini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov o‘zining navbatdagi jangini Los-Anjeles shahrida o‘tkazdi.

Tecno

Mazkur jangda bokschimizga meksikalik Daniel Echiverriya raqiblik qildi. Hamyurtimiz ustunligi bilan boshlangan qarama-qarshilikda muxlislar jang tugashini uzoq kutishmadi.

Bokschimizning kuchli va aniq zarbasidan so‘ng meksikalik charm qo‘lqop ustasi jangni davom ettira olmadi. Bu birinchi raundda sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida professional faoliyatini boshlagan Shahram bu jangga qadar 2 ta jang o‘tkazib, har ikkisida ham zafar quchgan. Bittasida nokaut qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!