Shahram Turkiyada ikkinchi bo‘ldi
Turkiyaning Antaliya shahrida muaytay bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazrligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha ushbu musobaqada dunyoning 36 ta davlatidan tashrif buyurgan 1250 nafar sportchi ishtirok etgan.
Unda yurtimiz sharafini 18 nafar vakillarmiz himoya qilib, 3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egalladi.

Bobirjon Turumov (-44 kg), Mirzabek Mirzaev (-48 kg), Firuz Davlyatov (-58 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shahram Xasanxonov (-71 kg), Javohir Muinjonov (-67 kg) vitse-chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Zubaydullo Kahramonov (-50 kg) va Shaxriyor Askaraliev (75 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.



Fikrlar