
Shahram G‘iyosov "Wembley Stadium"da ringga ko‘tariladi
Yaqinda Rio Olimpiadasi sovrindori, ayni damda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov o‘zining to‘rtinchi jangida ganalik Albert Mensa nokautga uchratib g‘alaba qozongan edi.
Shahram joriy yilning 22 sentyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Uning beshinchi jangi London shahridagi "Wembley Stadium"da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sh.G‘iyosovning raqibi kim ekanligi bir necha kundan so‘ng aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur boks kechasida rossiyalik Aleksandr Povetkin (34-1-0) va britaniyalik (21-0-0) ham o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar