Shahram G‘iyosov - Laguna va Joshua - Povetkin janglarini UzReport TV jonli efirda olib beradi (video)

  • 21 sentabr, 2018, 12:09
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur hafta dam olish kunlari boks olamida yilning eng muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tadi. Ikki nafar olimpia chempionlari va ikki nafar o‘z yurtining eng yaxshi og‘ir vazn toifasidagi bokschilari – Entoni Djoshua va Aleksandr Povetkin 22 sentyabr kuni ringda to‘qnash kelishadi.

Tecno

UZREPORT TV telekanali esa yilning eng shov-shuvli jangini jonli efirda 22:00 dan boshlab namoyish etadi. Bu UzReport axborot agentligi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Ikki nomdor charm qo‘lqop ustalari bahs olib boradigan ring, 90 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan afsonaviy stadionlardan biri “Uembli”da o‘rnatiladi.

Mazkur jangda Entoni Djoshua zamonaviy boksning eng muhim kamarlarini (WBA, WBO, IBF) himoya qiladi. Aleksandr Povetkin esa o‘z faoliyatida ikkinchi marotaba professional boksda bir yo‘la shuncha kamarlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan 5 yil muqaddam Povetkin mazkur kamarlar uchun kechgan jangda mashxur bokschi Vladimir Klichkoga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Mazkur boks kechasida professional boksga chaqmoqdek kirib kelgan hamyurtimiz, jahon chempioni Shahram G‘iyosov nikaragualik engilmas bokschi Xulio Lagunaga qarshi ringa chiqadi. Mazkur jang “Uembli”dagi boks kechasini ochib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!