
"Sevilya" va "Espanol" Banega uchun kurash boshladi
Ikki ispan klubi – “Sevilya” va “Espanol” Milanning “Inter” jamoasi yarim himoyachisi Ever Banegaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, andalusiyaliklar o‘zining sobiq futbolchisini ortga qaytarishni juda ham hoxlashmoqda. Biroq, uning 15 mln evrolik tovon puli bunga to‘sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari argentinalik futbolchi o‘ziga yillik 3 mln evro maosh talab qilmoqda.
Ma’lmuot uchun, Banega yakunlangan mavsum “Inter” safida jami 33ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Ta’kidlash kerakki, u 2014-2016 yillarda “Sevilya” klubida to‘zp surgan.
Fikrlar