
"Sevilya" o‘z safiga "Inter"ning ikki futbolchisini qo‘shib olmoqchi
Ispaniyaning “Sevilya” klubi yozgi transferlar davrida “Inter”ning ikki futbolchisini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, andalusiyaliklar yarim himoyachi Ever Banega va hujumchi Stefana Yovetichlar uchun 20 mln evroga harid qilishi mumkin.
Baneganing “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum milanliklar safida jami 33ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Ta’kidlash kerakki, argentinalik futbolchi uchun “Sevilya” begona emas. Boisi, u 2014-2016 yillarda aynan “Sevilya” sharafini himoya qilgan.
27 yoshli Yovetich o‘tgan mavsumni “Sevilya” safida ijara asosida o‘tkazdi. Andalusiyaliklar safida 29ta uchrashuv o‘tkazgan chernogoriyalik futbolchi ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 7ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar