"Sevilya" bir yil oldin tekinga qo‘yib yuborgan futbolchisini "Inter"dan 9 mln evroga sotib oldi

  • 28 iyun, 2017, 09:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning “Sevilya” klubi “Inter”dan Ever Banegani o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Xabarlarga qaraganda ushbu transferning qiymati 9 mln evroni tashkil etadi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, argentinalik futbolchi bundan bir yil muqaddam aynan andalusiyaliklar safini erkin agent sifatida tark etib, “neradzurrilar”ga borib qo‘shilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum jami 33ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

"Sevilya" o‘z safiga "Inter"ning ikki futbolchisini qo‘shib olmoqchi

"Sevilya" va "Espanol" Banega uchun kurash boshladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!