
Serxio Ramos: Bizga Lopetegining iste’fosi haqida hech narsa deyishmadi
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos kecha La Liganing 10- turidan o‘rin olgan "Barselona"ga (1:5) qarshi bahsda uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Biz muhim bahsda kerakli natijaga erisha olmadik. Bu biz uchun juda og‘ir vaziyat. Ammo biz Lopetegi bilan oxirigacha birga bo‘lamiz. Bizga uning iste’foga chiqarilishi haqida hech narsa deyishmadi. Lekin, shu bilan birga biz rahbariyatning qarorini ham hurmat qilishmiz lozim”, - deydi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "qirollik klubi" rahbariyati bosh murabbiylikka italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konteni olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar