Sergey Lushchan: Futbol - san’at, undan lazzat olish kerak

  • 12 iyul, 2018, 22:07
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Pepsi Superliga qoldirilgan 14-tur doirasida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Jamoa deyarli yangi.Futbolchilarga talablarim umumun boshqa. Birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik. Biz hozir hujumkor futbol namoish etishga urinmoqdamiz. Ikkinchi bo‘limda xaqiqiy futbol ko‘rdik. Taktikani o‘zgartirib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Hisobdan so‘ng futbolchilarda qo‘rquv hissi yo‘q bo‘ldi.

Aslida futbol bu san’at. O‘yindan lazzat olish zarur. Futbolchilarda qo‘rquv hissini yo‘q qilish uchun harakat qilayapmiz. Ruxiy tomonlama ham ishlayapmiz. Umid qilamanki, futbolchilar o‘ziga ishongan holda o‘zining eng ajoyib futbolini namoish etib , muxlislarni xursand qilishadi", - deb aytib o‘tdi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!