Sergey Fomin Osiyo/Okeana chempionatining chorak finalida
Janubiy Koreyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo/Okeana yopiq chempionati o‘tkazilmoqda.
Unda mamlakatimiz sharafini umidli tennischimiz Sergey Fomin yakkalik bahslari asosiy to‘rida himoya qilmoqda.
Sergey musobaqaning uchinchi davrasida yaponiyalik Ryoma Matsushitani 6:1, 6:3 hisobida taslim qilib chorak finalga yo‘l oldi.



Fikrlar