
Serbiyalik mutaxassis asosan jismoniy tayyorgarlikka urg‘u bermoqda
Xabaringiz bor bundan avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari Ispaniya safari oldidan Toshkentda yig‘inga kirishgani haqida ma’lum qilgan edik.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra bugun erta tongda murabbiylar shtabi futbolchilar bilan trenajyor zalida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich bu bilan asosiy e’tiborini futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratayotganini bilib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘ini 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi a’zolari Ispaniyaga yo‘l olib, o‘sha erda yig‘inni davom ettirishadi. Ispaniyadagi yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Fikrlar