
Sautgeyt Angliya terma jamoasining omadsiz o‘yinlari sababi nima ekanligini aytdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt APLning juda barvaqt boshlanishi terma jamoa omadsizliklarida asosiy aybdor ekanligini aytdi.
“Futbolchilarda jismoniy jihatdan ko‘ra ruhiy tomondan kuch etishmayapti. Nega APL bu qadar erta boshlanganiga tushunmadim. Aslida klublar buning ortidan juda qiyin holatga tushib qolishmoqda. Umuman olganda ushba taqvimni ishlab chiqqanlar uchun ham oson bo‘lmagan, albatta.
Ko‘plab jamoalar hali o‘z formalarini to‘liq yig‘ib olmaslaridan mavsumni boshlashmoqda. Buning ortidan esa jarohatlar ko‘paymoqda.
Men hali jahon chempionatidan qaytmaganimiz uchun APLni qachon boshlanishiga qiziqib ko‘rmagandim. Balkim ular bizning iyun oyi oxirida uyga qaytishimizni kutishgandir?”, - deydi Sautgeyt.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Angliya terma jamoasi yig‘inini bir nechta futbolchi jarohati sabab tark etishgan edi.
Fikrlar