Sardor Rashidov Portugaliya chempionatidagi debyut golini urdi

  • 16 fevral, 2019, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Portugaliya Primeyrasining 22-turida hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p suradigan “Nasonal” o‘z maydonida musobaqa autsayderi hisoblangan “Feyrensi” klubini qabul qilmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, uchrashuvning 12-daqiqasiga kelib o‘zbekistonlik futbolchi gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Qayd etish lozimki bu Rashidovning "Nasonal" safidagi debyut goli bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Nasonal” ayni damda musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 14 ochko bo‘lgan “Feyrensi” esa so‘nggi 18-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
16/02/2019 22:14
Молодец!
Омадини берсин.
&
Лео Месси
16/02/2019 20:58
Молодец Сардор...ўзини кўрсат