Sardor Azmun evrokuboklarda eng ko‘p gol urgan eronlik futbolchiga aylandi

  • 22 fevral, 2019, 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmun kecha “Fenerbaxche”ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi 1/16 final javob bahsida dubl qayd etdi.

Tecno

Shu tariqa 24 yoshli eronlik futbolchi evrokuboklarda kiritgan gollari sonini 8taga etkazib oldi. E’tiborlisi, Azmun bu borada afsonaviy Ali Daini ortda qoldirdi va evrokuboklarda eng ko‘p gol urgan eronlik futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Ali Dai faoliyati davomida "Arminiya", "Bavariya" va "Gerta" kabi Evropa klublarida to‘p surgan hamda evrokuboklarda 6ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!