Sara Errani Dubay bilan erta xayrlashdi
Italiyalik tennischi Sara Errani "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirining birinchi davrasidagi to‘siqdan o‘ta olmadi.
Sara musobaqaning mazkur bosqichida serbiyalik Ivan Yorovichga qarshi kortga chiqib, 6:4, 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Dubay shahrida o‘tayotgan chempionatning ikkinchi davrasida Yorovich belaruslik Arina Sobolenko bilan kuch sinashadi.



Fikrlar