
Sanjarbek Rahmonov faoliyatida birinchi bor mag‘lubiyatga uchradi
Bugun professional bokschimiz Las-Vegasning “Sam's Town Hotel & Gambling Hall” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bahsda Markus Teylorga qarshi ringga ko‘tarildi.
8 raunddan iborat bo‘lgan bahsda, hakamlar qaroriga ko‘ra, ochkolar hisobi bo‘yicha Rahmonov mag‘lubiyatga uchradi. Aytib o‘tish joizki, bu Sanjarning proffesional ringdagi birinchi mag‘lubiyatidir.
Ma’lumot uchun, NABF chempionlik kamari sohibi Sanjar Rahmonov faoliyati davomida 11 marta ringga ko‘tarilgan va 10 marotaba raqiblarini er tishlatgan. Bir jangda durrang qayd etgan.
Teylor esa professional ringda 10 uchrashuvda ishtirok etib, 1 marta imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar