
Sanjar Quvvatovni "Paxtakor"ga kim taklif qildi?
«Paxtakor» klubi yangi mavsum uchun bir qator yangi futbolchilarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, qashqadaryolik darvozabon Sanjar Quvvatov ham bu yildan boshlab «Paxtakor» klubida faoliyat olib bormoqda. Katta futbolga «Mash’al» klubining akademiyasi orqali kirib kelgan, keyinchalik «Nasaf»da to‘p surgan Quvvatov uchun joriy mavsum faoliyatida oldinga qadam tashlash bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Iste’dodli darvozabon SPORTS.uz muhbiri bilan suhbat davomida “sherlar” safiga kim orqali kelganini aytib o‘tdi.
- O‘tgan yilgi mavsum tugaganidan keyin menga «Paxtakor» klubidan Ja’far aka Irismetov qo‘ng‘iroq qilib, «Paxtakor»da o‘ynashga ishtiyoqing bormi, biz sen bilan qiziqyapmiz degandi. Hammaga ma’lumki, «Paxtakor» O‘zbekistonning eng oldi jamoalaridan biri va shubhasiz top-klub sanaladi. Tabiiyki, bunday jamoa tarkibida to‘p surish futbolchi uchun sharafli. Men Ja’far akaga shunday gaplarni aytdim. Xullas, «Paxtakor» tomonidan tushgan taklifdan so‘ng men o‘zimizning murabbiyimiz – Ro‘ziqul aka Berdiev bilan gaplashdim. Agar «Paxtakor»da o‘ynashga ishtiyoqing kuchli bo‘lsa, mayli borib o‘ynayver dedi. Biz esa o‘zaro kelishgan holda xayrlashishga qaror qildik.
Sanjar Quvvatov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar