Sanjar Fayziev chorak finalda!
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziev ikkinchi davra bahsini o‘tkazdi.
Sanjar chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda germaniyalik Pol Uoernerni har ikkala setda bir xil 6:2, hisobida engdi.
Endi tennischimiz chorak finalda serbiyalik Deyan Katichni sinovdan o‘tkazadi.


Fikrlar