Sanjar Fayziev bugun chorak final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi

  • 21 dekabr, 2018, 09:42
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun ikkinchi davrada o‘yin o‘tkazadi.
 
Sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Sanjar germaniyalik Pol Uoernerga qarshi kortga chiqadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 11:00dan so‘ng o‘tkaziladi.
 
Eslatib o‘tamiz, S.Fayziev kecha ruminiyalik Andrey Nikuleskuni 6:3, 6:7, 10:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!