
Sanches uchun yana ikki grand klub kurashga qo‘shildi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli chililik futbolchi uchun shuningdek “Bavariya” va “Yuventus” klublari ham da’vogarlik qilishmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, dastavval Sanches uchun PSJ kurash boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ta’kidlash kerakki, yuqorida nomlari tilga olingan har uchchala klub ham Sanchesni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘radi.
Fikrlar