
Sanches Chili terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Aleksis Sanches Chili terma jamoasidagi o‘yinlari sonini yanada oshirib oldi.
E’tiborlisi, kecha bo‘lib o‘tgan Shvetsiyaga (2:1) qarshi bahs 29 yoshli futbolchi uchun terma jamoasi safidagi 120-o‘yin bo‘ldi. Bu bilan u "Manchester Siti"dagi hamyurti Klaudio Bravoni 1ta o‘yinga ortda qoldirdi va bu ko‘rsatgich borasida rekordchiga aylanib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Chili 27 mart kuni Daniya termasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar