
Sanches "Arsenal"ga qarshi o‘ynay oladi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, chililik futbolchi yanvar oyining boshida "Reding"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi uchrashuvida jarohat olgan edi. U endi ertaga Angliya kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sanches MYu safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam aynan “Arsenal”dan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar