
Samir Nasri: Eng raqobatbardosh ligaga qaytganimdan mamnunman
Londonning “Vest Xem” klubi frantsiyalik yarim himoyachi Samir Nasri bilan qisqa muddatli shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Nasri joriy mavsum yakuniga qadar “bolg‘achilar” safida to‘p suradi.
“Men bu jamoani uning ulkan maqsadlari tufayli tanladim, “Vest Xem”da Angliyaning eng yaxshi klublaridan biri bo‘ltsh uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Eng raqobatbardosh ligaga qaytganimdan mamnunman”, – deb Nasri so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Vest Xem” matbuot xizmati.
2016 yil dekabrida Nasrining organizmidan ozuqaviy mikroelement topilgani bois, unga qon almashtirish amaliyoti tavsiya qilingandi. Biroq antidoping qoidalariga zid bu amaliyot tufayli u maydonga tusha olmadi.
Fikrlar