
Sami Xedira yarim finalning dastlabki bahsida “Yuventus”ga yordam bera olmaydi
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Kataloniyada mehmon bo‘lgan “Yuventus” o‘zi uchun kerakli hisobni qayd etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Kecha turinliklar safida o‘ynagan Sami Xedira 64-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Bu esa germaniyalik futbolchning keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini anglatar edi. Shu tariqa Xedira yarim finalga yo‘l olgan jamoasiga dastlabki o‘yinda yordam bera olmaydigan bo‘ldi.
Bu safar mo‘jiza yuz bermadi yohud "Yuventus" "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubordi
Allegri: “Barselona” bilan bir kun o‘ynasak ham, ular gol ura olishmas edi
Fikrlar