
Sami Xedira: "Atletiko"ga qarshi bahs "Yuventus" uchun haqiqiy sinov bo‘ladi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira kecha bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich qur’asidan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Aytish lozimki, turinliklarga bu borada “Atletiko” Madrid raqiblik qiladigan bo‘ldi.
“Atletiko” bilan o‘ynash hamisha qiyin bo‘lgan. Bu “Yuventus” uchun haqiqiy sinov bo‘ladi. Ammo biz keyingi bosqichga chiqa olamiz. Ushbu o‘yinlarni sabrsizlik bilan kutyapman”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarning dastlabkisi 20 fevral kuni, javob bahsi esa 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar