Sami Xedira A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin

  • 13 sentabr, 2018, 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira imzolanishi kutilayotgan yangi shartnomaga ko‘ra qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Unga ko‘ra 31 yoshli germaniyalik futbolchining yillik maoshi 4 million evrodan 6 million evroga ko‘tariladi.

Agar ushbu kelishu imzolansa, Xedira A Seriyada eng ko‘p maosh oluvchi 5-futbolchiga aylanadi. Undan oldingi o‘rinlarda faqatgina Krishtianu Ronaldu (30 mln), Gonsalo Iguain (8,5 mln), Paulo Dibala (7 mln) va Miralem Pyanich (6,5 mln) kabi futbolchilar bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!