
Sambochilarimizning jahon chempionatidagi raqiblari bilan tanishing
Xabaringiz bor, kecha 9 noyabr kuni Rossiyada sport sambosi bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi.
Musobaqaning ilk kunida sportchilar vazn tortish marosimida ishtirok etdi va shundan so‘ng bahslar boshlandi.
74 kg vazn toifasida jangovar sambo bahslarida hamyurtimiz Istam Qudratov ilk bellashuvni Xitoy Taypeyi a’zosi Siou Xau-Syun hamda frantsiyalik Maksim Jervillesga qarshi o‘tkazsa, Lutfullo Saidmatov (+57kg) meksikalik Oskar Morales va kolumbiyalik Vilson Munez juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Sport sambosi bellashuvlarida Sarbon Ernazarov (68 kg) italiyalik Mattia Galbiatini sinovbdan o‘tkazadi.
Musobaqalar 13 noyabrgacha davom etadi.
Fikrlar