
Sambo bo‘yicha jahon chempionatida medallarimiz soni uchtaga etdi
Xabaringiz bor, ayni damda Sochidagi “Aysberg” muz saroyida sambo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur dunyo birinchiligiga jahonning 93 davlatidan 1000 nafardan ortiq sportchi o‘zaro kurash olib borishmoqda.
10 noyabr kuni start olgan musobaqaning ilk kunida vakillarimiz bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
Ikkinchi kungi bellashuvlar yakunlariga ko‘ra jangovar sambo bahslarida Hakimjon Ismoilov (+100 kg) terma jamoamiz hisobiga bitta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Bugun quyidagi vazn toifalarida g‘oliblar aniqlanadi.
Ayollar: 56, 68, +80 kg
Erkaklar: 62, 82, +100 kg
Jangovar sambo: 52, 68, 90 kg.
Fikrlar