
Samarqandda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in o‘tmoqda
Xabarinigiz bor Samarqand shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi va mamlakatimiz boks federatsiyasining takvim rejasiga asosan o‘tayotgan musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, MXSK, Dinamo xamda kasaba uyushmalari jamoalaridan 277 nafar charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishmoqda.
Ushbu musobakada terma jamoa favoritlari Xasanboy Dusmatov, Iqboljon Xoldorov, Rustam To‘laganov, Bobousmon Boturov, Miraziz Mirzaxalilovlar yana bir bor ringda raqiblari bilan kuch sinashishadi.
Musobaqa bu yildan AIBA ning yangi qonuniga binoan 8 vazn toifasida útkazilmoqda.
Chempionatning kecha o‘tkazilgan bahslarida 52 kgda Mansur Ismtullaev, Xudoynazar Fayzov,Nodirjon Mirza Ahmedov, 75 kgda Odiljon Aslonov, Shahzod Jo‘raev, Temurxon Sobirov, 81 kgda Shuxrat Abdullaev, Jo‘rabek Toshtemirov, 91 kgda Iqboljon Murodov, Profsor Rorimsha, +91 Shahzod Sulaymonov, Rustamjon Ismoilov g‘alaba qozondi.
Fikrlar