Samarqand akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi

CHERY AUTO

Samarqand shahrida 1999 yil va undan kichik yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga etdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

2000 metr masofaga bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri sportchilari ishtirok etishdi.

Qiziqarli va ukrashlarga boy tarzda kechgan bahslarda quyidagi sportchilar g‘alaba qozonishdi:

VMIx qayiqda – Adinaev Anis (Sirdaryo),

VLMIx qayiqda – Abduxaliqov Hojiakbar (Toshkent sh.)

M2 qayiqda – Agofonov Evgeniy, Davronov Davronjon (terma jamoa)

M4 qayiqda – Agofonov Evgeniy ekipaji (terma jamoa)

VLM2x qayiqda – Abdushukurov Abbos, Halimov Hamza (terma jamoa)

VM8+ qayiqda – Turdiev Alisher boshqaruvidagi 8 a’zodan iborat ekipaj (terma jamoa)

Qizlar o‘rtasida:

VWIx qayiqda – Muxtorova Nozima (Toshkent sh.)

VLWIx qayiqda – Islomova Luizaxon (terma jamoa).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!